Jamiyat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston teng yer maydonlari bilan almashadi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishRazgranichitelnaya liniya zonы deystviya mirotvorcheskix sil mejdu Yujnoy Osetiyey i Gruziyey
Razgranichitelnaya liniya zonы deystviya mirotvorcheskix sil mejdu Yujnoy Osetiyey i Gruziyey - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Qirgʻizistonga “Barak” eksklavi oʻrniga teng yer maydoni ajratib beradi.

TASHKENT, 14 avg - Sputnik. Oʻzbekiston va Qigʻiziston teng boʻlakli yer maydonlari bilan almashadi, bu haqida tomonlar chegarani delimitatsiya qilish jarayonida kelishib olishgan, deb xabar qilmoqda Russia Today.

Kelishuvga koʻra, Qirgʻiziston Oʻzbekistonga “Barak” eksklavini beradi, Oʻzbekiston esa Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati, Qorasuv tumanidagi Oq-Tosh qishlogʻiga chegaradosh boʻlgan hududdan ushbu eksklavga teng maydonni ajratib beradi.

Ustanovka ograjdeniya na granitse, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston ikki hududdan oʻtuvchi chegara chizigʻini belgiladi

Xabarda aytilishiga koʻra, mahalliy aholi davlatlararo komissiyaning ushbu qaroriga rozi boʻlgan.

Chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish davlatlararo komissiyaning soʻnggi uchrashuvi 1-7 avgust kunlari Fargʻonada boʻlib oʻtgan edi. Komissiya kun tartibida hali yana ikkita anklav masalasini koʻrib chiqish turibdi: Shoximardon va Gaznov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarida soʻnggi 10 yil davomida ilk bor ijobiy natijaga oʻtgan yil Davlat chegarasi haqidagi dastlabki shartnoma imzolanganidan keyin erishilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader