Aurum klubining 2 nafar qo‘riqchisi muqaddam sudlangani ma’lum bo‘ldi

© RepostNochnoy klub "Aurum 898"
Nochnoy klub Aurum 898 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Aurum 898” klubining hibsga olingan qo‘riqchilaridan ikki nafari muqadam sudlangani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Mudhish qotillik yuz bergan “Aurum 898” klubining hibsga olingan qo‘riqchilaridan ikki nafari avval sudlanganganligi aniqlandi, deb xabar qilmoqda haqda Repost nashri Oliy suddagi manbaaga asosan.

“Xususan, 1989-yil Toshkentda tug‘ilgan, muassasaning qo‘riqlov xizmatida ishlagan Sh. Qilichev va 1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan A. Hamroyev muqaddam sudlangan”, - deyilgan xabarda.  

Hibsga olingan yana ikki nafar shaxs — 1994-yilda tug‘ilgan S. Kamoldinov va 1992-yilda tug‘ilgan J. Yorqulov muqaddam sudlanmagan.

Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi tungi klubda yuz bergan pichoqbozlik oqibatida MMA jangchisi vafot etdi

Sud ma’muriy materiallarni har tomonlama va to‘liq o‘rganib, V. Smirnov va I. Fazliddinovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) muvofiq 15 sutka ma’muriy qamoq tayinladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 2018-yil 10-avgustdagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchilar Sh. Qilichov, A. Xamrayev, J. Yorqulov va S. Kamoldinovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Yunusobod tumanidagi "Aurum 898" tungi klubida 9-avgust kechasi kurashchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida yuz bergan janjal oiibatida, Kenjayev vafot etgan edi.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0