Tojikiston Afg‘oniston chegarasidagi nazorat-o‘tkazuv punktini yopdi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Mediabankka o‘tishNa tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada
Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tolibon faollashuvi tufayli Tojikiston Afg‘oniston chegarasidagi nazorat - o‘tkazuv punktini vaqtincha yopishga majbur bo‘ldi.

TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Tojikiston “Kokul” nazorat-o‘tkazuv punktini vaqtincha yopdi, deb xabar qildi Tojikiston Chegara qo‘shnlari matbuot xizmati boshlig‘i Muxammad Ulug‘xo‘jayev.

Biroz oldin, Tojikistonning xatlon viloyatiga chegaradosh bo‘lgan Afg‘onistonning Oyxonim uyezdi Tolibon harakati tomonidan egallab olingani ma’lum bo‘lgan edi.

“Kokul” nazorat-o‘tkazuv punkti vaqtincha yopilgan. Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh hududida Tolibon harakati faollashuviga qaramasdan, chegarasida vaziyat tinch”, - dedi Ulug‘xo‘jayev.

Ulug‘xo‘jayev aytishiga qaraganda, Tojikiston chegarachilari Afg‘onistondagi vaziyatni kuzatib borishmoqda.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon" Toshkentda ofis ochdimi - O‘zbekiston TIV javobi

“Ayni damda Afg‘oniston tomonidan Tojikistonga nisbatan hech qanday tajovuzkor harakatlar sezilgani yo‘q. Chegaraning ushbu bo‘lagida hech qanday qonunbuzarlik yoki noqonuniy kesib o‘tish harakatlari sezilgani yo‘q”, - dedi matbuot xizmati boshlig‘i.

Shuningdek, Ulug‘xo‘jayev chegaraning ushbu qismiga hozircha hech qanday qo‘shimcha kuchlar joylashtirishga ehtiyoj yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida ayni damda oltita nazorat-o‘tkazuv punktlari joylashtirilgan. Bugungi kunda ulardan beshtasi odatiy tartibda ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0