O‘zbekistonga kimlar vizasiz kelishi mumkin - TIVdan batafsil ma’lumot

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi.

TOShKENT, 15 avg - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, O‘zbekistonga kimlar vizasiz kirishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot e’lon qildi. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-iyuldagi 3836-sonli qaroriga muvofiq 2018-yil 15-iyuldan e’tiboran quyidagilar joriy etildi:

Terminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
TIV 15-iyuldan elektron kirish vizalari berish tizimi ishga tushishini ma’lum qildi

- elektron turistik viza olish: Ushbu tizim viza rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibidan foydalanishi mumkin bo‘lgan 51 davlat fuqarolariga (davlatlar ro‘yxati ilova qilinadi) nisbatan amal qiladi;

- O‘zbekistonga besh kungacha vizasiz transit kirish: Ushbu tartib 101 davlat fuqarolariga (davlatlar ro‘yxati ilova qilinadi) nisbatan joriy etilgan bo‘lib, bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali transit bilan kelayotganlari va uchinchi mamlakatga uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;

- 16 yoshga to‘lmagan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirishi: Bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo‘lishlari va biometrik o‘tish hujjatiga ega bo‘lishlari talab etiladi va O‘zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0