Sergeli aerodromi hududi Toshkent shahar hokimligiga berildi

© Uzbekskie avialiniiSamolyot An-2 na aerodrome Sergeli
Samolyot An-2 na aerodrome Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga asosan Sergeli aerodromi hududi Toshkent shahar hokimligiga berildi.

TOShKENT, 16 avg – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari “SAR” (Maxsus aviatsiya ishlari) aviakompaniyasining bino va inshootlari Toshkent shahar hokimligiga berildi.

Bu Prezidentning “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida tasdiqlangan, deb xabar qilmoqda O‘zA.

“Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “SAR” aviakompaniyasining Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon ko‘chasida joylashgan binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini ularga tutash 101,64 gektar maydon bilan birgalikda keyinchalik topshirilayotgan obyektlar negizida “Industrial park” kichik sanoat zonasini tashkil etish sharti bilan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”, - deyilgan prezident farmonida.

O‘zbekiston prezidentining Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 2018-yil 15-avgustdan 2019-yil 15-avgustgacha o‘tkaziladi. Ushbu tashabbus Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan taklif qilingan.

Yangiliklar lentasi
0