Toshkentda parkovkalar yuridik shaxslarga ijaraga beriladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishMnogoyarusnaya parkovka
Mnogoyarusnaya parkovka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 oktabrdan Toshkentda avtoturargohlar yuridik shaxslarga ijaraga berila boshlaydi.

TOShKENT, 16 avg - Sputnik. Ushbu yilning 1-oktabrdan boshlab Toshkentda davlatga tegishli bo‘lgan avtoturargohlar yuridik shaxslarga ijaraga berila boshlaydi. Bu Prezidentning “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida aytib o‘tilgan.

Bozor va savdo markazlari yaqinida mavjud bo‘lgan davlatga tegishli parkovkalar xususiy korxonalarga 10-yilga ijaraga berilishi mumkin. Bunda eng yuqori ijara to‘lovlari taklif qilgan hamda yo‘l-harakati sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishda tajribaga ega bo‘lgan korxonalarga ustuvorlik huquqi beriladi.

Samolyot An-2 na aerodrome Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Sergeli aerodromi hududi Toshkent shahar hokimligiga berildi

1 oktabrdan boshlab transport vositalarini vaqtincha saqlash xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar uchun belgilangan qat’iy soliq to‘lash tartibi bekor qilinib, ular Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq to‘lovi yoki boshqa umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tkaziladi.

Undan tashqari, avtoturargohlay joylashish joyidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlashi shart bo‘ladi.

Shuningdek, farmonda, yuridik shaxslar va davlat hamkorligida, avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan yoki alohida joylashgan ko‘p qavatli parkovkalar qurish loyihalari ham nazarda tutilgan.

Prezident ushbu tajribani (eksperiment) amalga oshirishda tadbirkorlarga yordam berishni Toshkent shahar hokimligi zimmasiga yukladi.

Yangiliklar lentasi
0