Yevropalik jurnalistlar 2018-yilning eng yaxshi smartfonni tanlashdi

© HUAWEIHUAWEI P20 Pro
HUAWEI P20 Pro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
EISA – Yevropaning jurnalistlar assotsiatsiyasi “2018 yilning eng yaxshi smartfoni” sovrinini Samsung yoki Apple mahsulotiga emas - Huaweiga berishdi.

TOShKENT, 17 avg - Sputnik.  EISA ekspertlari Huawei P20 PRO  smartfonini 2018-yilning eng zo‘r smartfoni deb tan olishdi. 

Ekspertlar fikriga ko‘ra ushbu smartfon 2018-yilda taqdim etilgan smartfonlar orasida “eng zamonaviy, eng innovatsion va texnik jihatdan eng mukammal” smartfon.

Huawei P20 PRO – ustki qismi oynadan yasalgan, ekrani AMOLED 1080x2240 pikseley, akkumulyatori 4000 mAch.   Jurnalistlar ushbu smartfonning Leica  kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, uchta obyektivlik fotokamerasini  alohida maqtovga sazovor deb topishdi.

Fotoapparatning asosiy kamerasi matritsasi 40 megapiksel, obyektiv diafragmasi F 1,8 ko‘rsatgichga teng, ya’ni yorug‘lik kam bo‘lganda ham vspishkasiz suratga olishi mumkin. Undan tashqari smartfon yana ikkita obyektivga ega - 20 megapikselli F 1,6 oq-qora suratga oluvchi va 8 megapikselli 5 karra zumga ega bo‘lgan uchinchi ob’aktiv.

© ifixitHUAWEI P20 Pro
Yevropalik jurnalistlar 2018-yilning eng yaxshi smartfonni tanlashdi - Sputnik O‘zbekiston
HUAWEI P20 Pro

Ushbu uchchala obyektiv dastur orqali yagona fotokamera sifatida ishlashi mumkin. Maxsus intellektual dastur foydalanuvchiga har qanday sharoitda ham avtomatik ravishda eng sifatli fotosurat yoki videolavha suratga olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, EISA tarkibiga Yevropaning 19 mamlakatidan 50dan ortiq audio va video texnikaga ixtisoslashgan nashrlarini birlashtirgan jurnalistlar assotsiatsiyasidir. EISA ekspertlari har yili turli nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshi audio va  video texnikasi g‘oliblarini e’lon qiladi.

Yangiliklar lentasi
0