Maktab formasini qayerdan sotib olish mumkin?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPosetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formi
Posetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlangan edi. Maktab formasi sotiladigan savdo shoxobchalari manzillari har yili 20-aprelga qadar ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilinadi

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilingach ko‘pgina ota-onalar yangi formani qayerdan xarid qilish mumkin, degan savol bilan Sputnik tahririyatiga maktub yo‘lladilar.

Variant shkolnoy formi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona maktab formasi qabul qilindi

Telegrammdagi "O‘qituvchi" kanalida mana shu savolga javob berildi.

Kanal ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlangan edi. Maktab formasi sotiladigan savdo shoxobchalari manzillari har yili 20-aprelga qadar ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilinadi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1-mayga qadar ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e’lon joylashtiriladi.

Maktab formasini sotishda maktab direktori, rahbar xodimlar va o‘qituvchilar ishtirok etmaydi, deb eslatma bergan kanal.

Yangiliklar lentasi
0