Jamiyat

Tojikiston bilan strategik sheriklik haqida shartnoma imzolandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaEmomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev vo vremya podpisaniya dokumentov
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston va Tojikiston orasida strategik sheriklik haqidagi shartnoma imzolandi.

TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Koʻksaroyda boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari ikki davlat orasida strategik sheriklik haqidagi shartnomani imzoladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

"Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi orasida imzolangan strategik sheriklik haqidagi shartnomada uzoq muddatli va barqaror sheriklik munosabatlari oʻrnatish maqsadi, oʻzaro hamkorlikning strategik yoʻnalishlari belgilangan", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotini ham imzoladi.

Oʻzbek-tojik munosabatlari - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekiston va Tojikiston munosabatlari

Shuningdek, sanoat, standartlash va sertifikatlash, chegaradan oʻtkazish, taʼlim hujjatlarini tan olish, geodeziya va geologiya, qishloq xoʻjaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 27 ta hujjat imzolandi. Jumladan, Surxondaryo viloyati bilan Xatlon viloyati, Samarqand viloyati bilan Soʻgʻd viloyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar qabul qilindi.  

Davlat rahbarlari boʻlib oʻtgan muzokaralar va erishilgan kelishuvlardan mamnunligini, Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma ular orasida alohida ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.   

“Oʻzbekiston va Tojikiston munosabatlaridagi katta oʻzgarishlar haqida koʻp gapirish mumkin. Lekin eng muhim yutuq – amaliy ishlarimiz millionlab odamlarga naf keltirayotgani, ularning qalbida iliqlik uygʻotayotganidir. Biz bundan buyon ham xalqlarimiz doʻstligining buzilmas koʻprigini har tomonlama mustahkamlashga harakat qilamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Tojikiston Prezidentining davlat tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0