Putin Avstriya vazirining nikoh to‘yida ishtirok etdi

© Sputnik / Aleksey DrujininPrezident RF V. Putin posetil Avstriyu
Prezident RF V. Putin posetil Avstriyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Avstriya tashqi ishlar vazirining nikoh to‘yiga bir quchoq sovg‘a bilan tashrif buyurdi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-avgust kuni Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knayslning to‘y marosimida ishtirok etdi.

Peskov aytishiga qaraganda, Putin Knayslga qishloq manzarasi tasvirlangan rasm, Tula samovari va eski moyjuvoz sovg‘a qilgan. Undan tashqari Putin o‘zi bilan Kubanlik kazaklar xorini olib  kelgan.

“Putin to‘yda kelin va kuyovga birgalikda uzoq umr ko‘rishni va baxtli bo‘lishni tiladi. Nemis  tilida hazil-mutoyiba bilan aytilgan tilaklar barcha mehmonlarning olqish va qarsaklariga sabab bo‘ldi”, - dedi Peskov.

Umuman Putin to‘yda bir soat davomida bo‘lgan. Shu vaqt ichida Rossiya prezidenti Knaysel bilan raqsga tushgan. Ketish oldidian Putin uning ushbu “xususiy tashrifi” juda “xo‘shko‘ngil” o‘tganini aytgan.  

To‘ydan so‘ng Putin Germaniyaga, Angela Merkel bilan rasmiy uchrashuvga uchib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0