FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga yangi Mersedes sovg‘a qildi

© UFANoviy avtobus kotoriy FIFA podaril sbornoy Uzbekistana
Noviy avtobus kotoriy FIFA podaril sbornoy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi Mersedes avtobusi O‘FA logotiplari va milliy ramzlar bilan bezatiladi va Milliy terma jamoaga xizmat qiladi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. FIFA O‘zbekiston Milliy terma jamoasiga yangi Mersedes avtobusini sovg‘a qildi va ushbu avtobus O‘zbekistonga yetib keldi, deb xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.

© UFAFIFA O‘zbekiston terma jamoasiga sovg‘a qilgan avtobus
FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga yangi Mersedes sovg‘a qildi - Sputnik O‘zbekiston
FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga sovg‘a qilgan avtobus

Ushbu sovg‘a FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan bo‘lgan uchrashuv natijasida va’da berilgan edi.

“Shu paytga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in davomida hamda uchrashuvlarga borish uchun klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endilikda terma jamoamizning o‘z avtobusi bor”, - deyilgan xabarda.   

Mercedes Travego M rusumidagi ushbu avtobus 46 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 483 ot kuchiga ega. Avtobus barcha qulayliklarga ega bo‘lib, zamonaviy xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan.

Yangi avtobus O‘FA logotiplari va milliy ramzlar bilan bezatiladi hamda bundan buyon yig‘in va uchrashuvlar  davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmat qiladi.

FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga sovg‘a qilgan avtobus
FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga yangi Mersedes sovg‘a qildi - Sputnik O‘zbekiston
FIFA O‘zbekiston terma jamoasiga sovg‘a qilgan avtobus
Yangiliklar lentasi
0