Bosh vazir avtomobili ishtirokidagi YTHda 6 kishi jarohatlangan

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripovning xizmat avtomobili ishtirokidagi YTHda olti kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuratura matbuot xizmatlari 20-avgust kuni bosh vazir Abdulla Aripovning xizmat avtomobili ishtirokidagi YTHning tafsilotlarini ma’lum qildi.

Unda aytilishiga ko‘ra, 20-avgust kuni soat 9:30 larda «Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod»­­ avtomobil yo‘lining 92-kilometrida Sayidov Baxtiyor Abdujalilovich boshqaruvidagi, davlat raqam belgisi 10 U 945 LA bo‘lgan Damas avtomobili Bekobod shahar tomonga harakatlanib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va haydovchi Tolipov Rustam boshqaruvidagi, davlat raqam belgisi 01 215 ABA bo‘lgan Mercedes-Benz xizmat avtomashinasining chap yon tomon o‘rta qismiga urilgan.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripovning avtomobili avariyaga uchradi

YTH oqibatida Mercedes-Benz salonida bo‘lgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovda tibbiy muolaja talab etilmaydigan yengil shikast, uning o‘rinbosari Alisher Sultonovda chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko‘krak qafasi 7-10 qovurg‘alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi, Prezident devoni mas’ul xodimi U. Qurbonovda o‘ng qo‘l bilak suyagi yopiq sinishi kabi tan jarohatlar, haydovchi R. Tolipovda bosh tepa sohasi hamda o‘ng yelka, o‘ng bilak ochiq bo‘g‘imi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Shuningdek, yo‘l transport hodisasi oqibatida Damas avtomashinasi haydovchisi B. Saidovda peshona sohasi lat yeyishi, yo‘lovchi A.Meliboyevda o‘ng o‘mrov suyagini yopiq sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.

A. Sultonov, U. Qurbonov, B. Saidov, A. Meliboyevlar shifoxonaga joylashtirilib, ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. R. Tolipovga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan Bosh prokuratura va IIV tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0