Siyosat

Afgʻoniston Moskvada sentyabr boshida oʻtadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi

Ilgariroq, Rossiya TIV 4 sentyabrda oʻtkaziladigan Moskva formatidagi maslahatlashuvga 12 ta davlat, shu jumladan AQSH ham taklif qilingani haqida xabar berilgandi

TOSHKENT, 22 avg — Sputnik. Afgʻoniston TIV sentyabr boshida Moskvada oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvda Qobul ishtirok etmasligi haqida bayonot berdi, deb xabar qildi Tolo News telekanali Afgʻoniston tashqi siyosiy mahkama vakiligi tayangan holda.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Toliblar Moskvaga kelayapti

"Tinchlik oʻrnatish boʻyicha jarayon Afgʻoniston Islom Respublikasi rahbarligi ostida oʻtkazilishi kerak. Biz Moskvadagi muzokaralarda ishtirok etmaymiz", — deya bayonot qilgan vazirlik vakili Sibxgat Ahmadiy. Telekanal xabariga koʻra, Afgʻoniston hukumati shu paytga qadar muzokaralarga rasmiy taklifnoma olgani yoʻq.

Ilgariroq, Rossiya TIV 4 sentyabrda oʻtkaziladigan Moskva formatidagi maslahatlashuvga 12 ta davlat, shu jumladan AQSH ham taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi ushbu yigʻilishga Doxa shahridagi toliblar harakatining siyosiy ofisi rahbariyatini ham taklif etganini qayd etib oʻtgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala