Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston ikkinchi oltin medalga ega bo‘ldi

© rio2016.comTayekvondo, Nikita Rafalovich
Tayekvondo, Nikita Rafalovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nikita Rafalovich Janubiy Koreyalik Xva Jun Lini 18:15 hisobida mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Bugun Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston ikkinchi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Taekvondo musobaqasining final jangida o‘zbekistonlik Nikita Rafalovich Janubiy Koreyalik Xva Jun Lini 18:15 hisobida mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston damoasining Tayekvondo bo‘yicha olgan beshinchi medali bo‘ldi. Musobaqa rasmiy saytida xabar berilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston jammosi 11ta medal bilan 23 jamoa orsida 11 o‘rinda bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0