Ukraina O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi quradi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFarmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki
Farmatsevticheskaya fabrika na vostoke Damaska v rayone Bab al Sharki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainaning eng yirik farmatsevtik kompaniyalaridan biri "Farmak" Toshkent viloyatida farmatsevtika zavodi quradi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Ukrainaning eng yirik farmatsevtik kompaniyalaridan biri bo‘lgan "Farmak" Toshkent viloyatida farmatsevtika zavodi quradi, deb xabar qildi O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev.

Bu haqida O‘zbekiston elchisi “Farmak” kompaniyasi direktorlar kengashi  raisi Filya Jebrovskaya bilan bo‘lib o‘tgan muzokaradardan so‘ng e’lon qildi.

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri 10 million dollar sarmoya kiritish yo‘li bilan qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi farmatsevtika zavodi quriladi. Zavod Toshkent viloyatidagi farmafevtika sanoat zonasi hududida joylashgan bo‘ladi. Bu esa zavodga soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini beradi”, - deyilgan xabarda.

 “Farmak” Ukrainaning eng yirik farmatsevtik korxonalaridan biri bo‘lib, u 350 dan ortiq dori vositalari ishlab chiqaradi. Kompaniya mahsulotlarining 200 dan ortig‘i allaqachon O‘zbekiston bozoriga eksport qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0