AQShda F-15 qiruvchilari yadro bombalarini tashlayotgani lavhalari ko‘rsatildi

Obuna bo‘lish
Bomba tushishi vaqtida uning orqasida parashut ochilishini ko‘rish mumkin

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. AQShdagi Sandiya milliy laboratoriyalarida qiruvchi "Strayk Igl" deb nomlangan F-15 qiruvchi samolyotidan B61 yadro bombasining tashlanishi lavhalarini e’lon qildi.

Tegishli video tashkilotning YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Lavhada bomba tashlanishining ikki holati namoyish qilingan: birinchi holatda samolyot taktik yadro qurolini katta balandlikdan, ikkinchisida esa 270 metrdan sal balandroq masofadan tashlagan.

Bomba tushishi vaqtida uning orqasida parashut ochilishini ko‘rish mumkin.

Aniqlik kiritilishicha, bomba zaradsiz bo‘lgan.

Sinovlar Nevada shtatidagi Tonopa poligonida 2017-yilning 11-iyulida o‘tkazilgani ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0