IIV akademiyasi kursantlari o‘z mahoratini namoyish qilishdi

Obuna bo‘lish
Toshkentda IIV akademiyasi kursantlari va tayekvondochilarning Mustaqillikning 27-yilligiga bag‘ishlangan chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Toshkentning "Qorasuv-6" dahasidagi "Avayxon" mahallasida Mustaqillikining 27-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Tadbir "O‘z bolangni o‘zing asra" shiori ostida o‘tkazilib, u bolalar orasida vatanparvarlik ruhini kamol toptirish va ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish profilaktikasiga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida 275-maktab o‘quvchilarining sport chiqishlari, shaxmat-shashka musobaqalari, asfaltga rasm chizish konkursi, "Milliy gvardiya" harbiylarining ko‘rgazmali chiqishlari, Taekvondo jamoasining chiqishi namoyish qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, M.Ulug‘bek tumani 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi, Ichki ishlar Akademiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0