Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda

© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaMatch Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr
Match Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osiyo O‘yinlarining chorak finalida O‘zbekiston "Eron - Janubiy Koreya" o‘yini g‘olibi bilan uchrashadi.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar) Osiyo O‘yinlarida Gonkongni yirik hisobda yutib, chorak finalga chiqdi, deb xabar qilmoqda O‘FA.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Gonkongga qarshi o‘yini vakillarimizning ustunligi ostida o‘tdi. 27-daqiqada Ikrom Aliboyev uzoqdan chiroyli zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim oxiriga yaqin Gonkong terma jamoasi a’zosi Pui Xong Yu Akrom Komilovga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

Vstrecha V.Putina s chlenami Popechitelskogo soveta Gosudarstvennogo akademicheskogo Mariinskogo teatra - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov “Paxtakor” futbol klubiga $ 20 million sarmoya kiritdi

Ikkinchi bo‘limda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan futbolchilarimiz raqib darvozasini yana ikki bor ishg‘ol qilishdi. 60-daqiqada Javohir Sidiqov, 65-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev Gonkong darvozasiga gol kiritishdi. Har ikkala golga Doston Hamdamov assistentlik qildi.

Chorak finalda O‘zbekiston "Eron - Janubiy Koreya" o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Milliy terma jamoa yangi treneri Ektor Kuper ham Osiyo o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borayotganini hamda OTJ tarkibidan bir necha o‘yinchini keyinchalik milliy terma jamoaga taklif qilmoqchi ekanligini xabar qilgan edi. 

© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaMatch Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr
Match Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr - Sputnik O‘zbekiston
1/4
Match Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr
© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaMatch Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr
Match Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr - Sputnik O‘zbekiston
2/4
Match Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr
© AFP 2023 / CHAIDEER MAHYUDDINSbornaya Uzbekistana po futbolu na Aziatskix igrax
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na Aziatskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
3/4
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na Aziatskix igrax
© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaBolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu
Bolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Bolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu
1/4
Match Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr
2/4
Match Uzbekistan - Gonkong, 1/8 finala Aziatskix igr
3/4
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na Aziatskix igrax
4/4
Bolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu
Yangiliklar lentasi
0