Jamiyat

Mirziyoyev oʻzbek iqtisodiy moʻʼjizasini yaratadigan qarorni imzoladi - Sherzod Shermatov

© Mejdunarodnыy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidentining taʼlim sohasida qabul qilingan eng soʻnggi qarori keng qamrovli islohotlarni boshlab beradigan qarorlarning debochasi boʻldi, deb taʼkidladi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda inson kapitaliga sarmoya kiritish muhim. Prezidentimiz mamlakat iqtisodiyotining uzoq muddatli oʻsishini oʻylagan holda, Hukumat oldiga jamiyatda oʻqituvchilar obroʻsini oshirish vazifasini qoʻydi, dedi juma kuni XPK sessiyasida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.

Filial shkolы v Chirakchinskom rayone - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xalq taʼlimi vazirligi xususiy maktablar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda

Shermatov Yaponiyada mashhur rivoyatdan misol keltirdi.

"Yaponiya davlat rahbaridan "Yapon iqtisodiy moʻʼjizasi siri nimada?" deb soʻrashganida, u "Yaponiyada oʻqituvchilarga imperatorlik hurmati, diplomatlar dahlsizligi va vazirlar maoshini berishadi", deb javob bergan ekan. Prezidentimiz ham hukumat oldiga shu vazifalarni belgilab berdilarki, yaʼni bundan buyogʻiga iqtisodiyotimizning uzoq muddatli oʻsishini istaydigan boʻlsak, birinchi navbatda inson kapitali, birinchi navbatda jamiyatimizda oʻqituvchilarning hurmatini oshirishga eʼtibor qaratishimiz kerak", - deb taʼkidladi vazir.

Xalq taʼlimi vaziri oʻz nutqida bundan buyogʻiga Oʻzbekistondagi oʻqituvchilarning dahlsizligi toʻliq taʼminlanishi, yaʼni ular har qanaqangi byurokratik ishlardan, qogʻozbozliklardan holi boʻlishlari, oʻqituvchilik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar - mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari, obodonlashtirish kabi ishlardan ozod etilishi haqida aytib oʻtdi.

Qarorda oʻqituvchilarning oyligini koʻtarish, ularga ragʻbatlantirish choralari koʻzda tutilgani alohida taʼkidlandi.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻqituvchi zoʻrgʻa yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 14 avgustda imzolangan "Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi" qaror - keng qamrovli islohotlarni boshlab beradigan, tarixiy hujjat boʻldi, deya xulosa qildi Sherzod Shermatov.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro press klubning 24-avgust kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi sessiyasi "Maktab taʼlimi, islohotlarning yangi bosqichidagi muhim oʻzgarishlar va muammolar tahlili" mavzusiga bagʻishlandi.

Yangiliklar lentasi
0