TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayollar Samarqand xalqaro aeroportida toʻxtatib qolindi, deb xabar qildihttp://www.mvd.uz/uz/lists/view/3899 Oʻzbekiston IIV Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi.
Maʼlum boʻlishicha, samarqandlik R.B jinoiy sherigi - Turkiyada yashaydigan onasi bilan til biriktirgan holda, Navoiy viloyatidan boʻlgan moddiy yordamga muhtoj, ishsiz va turmushidan ajrashgan uch ayolni aldov yoʻli orqali Turkiyaga fohishalikka yuborishni rejalashtiradi.
Ayollarga avvaliga Turkiyada savdo sohasida ish taklif etiladi.
Soʻng, ayollarga ular Turkiyaga uchishlari arafasida, u yerga borganlaridan soʻng badal puli sifatida 6 ming dollar ishlab berishlari kerak boʻlishi aytiladi. Ayollar oʻzlarining fohishalikka yuborilayotganidan xabar topishadi.
Navoiy ichki ishlar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda uch nafar ayolni Turkiyaga joʻnatmoqchi boʻlgan R.N. qoʻlga olingan. Ayni kunda tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.