Madaniyat

Belarus va Oʻzbekiston doʻstligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas byusti oʻrnatildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
 Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa - Sputnik Oʻzbekiston
Urush yillarida Toshkent sovet ziyolilarining kattagina qismini qabul qilgan. Ular orasida Yakub Kolas ham boʻlgan. U Toshkentda 1941 yil 14 avgustdan 1943 yil 1 noyabrgacha boʻlgan oraliqda yashagan

TOSHKENT, 25 avg – Sputnik, Shahnoza Toʻrabekova. Toshkentda belarus yozuvchisi, shoir va jamoat arbobi Yakub Kolas byustining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Kolas 1941-1943 yillarda Oʻzbekiston poytaxtida yashagan va ijod qilgan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.  

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
Belarus va Oʻzbekiston doʻstligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas byusti oʻrnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa

Byust Oʻzbekiston Davlat sanʼati muzeyi binosi orqasida, Shahrisabz va Taras Shevchenko koʻchalari kesishmasi yonida oʻrnatilgan. Ochilish marosimida Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Nodir Otajonov va Belarus Bosh vaziri oʻrinbosari Mixali Rusыylar ishtirok etishdi.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
Belarus va Oʻzbekiston doʻstligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas byusti oʻrnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa

"Mamlakatimizda belarus arbobining ijodini hamisha hurmat qilishgan, Yakub Kolas Oʻzbekiston tarixida oʻchmas iz qoldirish bilan bir qatorda, oʻzbek-belarus xalqlari oʻrtasidagi doʻstona va qardoshlik munosabatlarining yanada mustahkamlanishiga ulkan hissa qoʻshgan. Yakub Kolas byustining ochilishi Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi doʻstlikning eng yorqin ramzi sanaladi",  deb taʼkidladi Nodir Otajonov.

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa
Belarus va Oʻzbekiston doʻstligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas byusti oʻrnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa

Oʻz navbatida Mixail Rusыy buyuk Belarus yozuvchisi va shoiri Yakub Kolasning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha qabul qilingan qaror uchun Oʻzbekiston rahbari va Toshkent shahri maʼmuriyatiga oʻz minnatdorligini bildirdi.

"Bizning xalqlarimizni uzoq tarixga ega va mustahkam doʻstlik rishtalari bogʻlaydi, Belarusni ozod etishda Oʻzbekistondan koʻplab odamlar halok boʻlganlar. Ular bizning xotiramizda, Ulugʻ vatan urushi tarixi muzeyida har bir familiya alohida satrda yozib qoʻyilgan", - deya qayd etdi Belarus Bosh vaziri oʻrinbosari Mixail Rusыy.  

Urush yillarida Toshkent sovet ziyolilarining kattagina qismini qabul qilgan. Ular orasida Yakub Kolas ham boʻlgan. U Toshkentda 1941 yil 14 avgustdan 1943 yil 1 noyabrgacha boʻlgan oraliqda yashagan.

"Bugungi kunda Yakub Kolas urush davrida istiqomat qilgan uy saqlanib qolgan. Unda butun boshli Belarus SSR Fanlar akademiyasi yashagan, chunki Yakub Kolas uning birinchi va mutassil boshqargan vitse-prezidenti boʻlgan.

2017 yilning may oyida Mustaqillik prospektida, №88 raqamli uyda u bu yerda yashagani va mehnat qilganini bildiruvchi xotira lavhasi oʻrnatilgan", - deb hikoya qildi Sputnik muxbiriga "Svitanak" Belarus madaniy markazi raisi Svetlana Dudyuk.  

Pisatel Azamat Korjovov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Azamat Qorjovov: Uspenskiy insoniyatning zombilashishiga qarshi kurashgan yozuvchi edi

Dudyukning soʻzlariga koʻra, sovet Oʻzbekistoni hukumati Yakub Kolasga katta eʼtibor bilan qaragan, yozuvchiga ikkita kvartira ajratib berilgan. Bittasi oilasi uchun, Kolas u yerda rafiqasi va oʻgʻillari bilan yashagan, ikkinchisi - unga ishchi kabinet vazifasini oʻtagan.

"Nima uchun yodgorlik Toshkentning aynan mana shu qismida ochilmoqda? Nega deganda, bizga yaqin joyda, sobiq Rus dramaturgiya teatri oʻrnida "Oʻzbekiston" mehmonxonasi joylashgan boʻlib, u Toshkentga kelgan Kolas uchun ilk boshpana vazifasini oʻtagan, shu bois biz u bu yerlarda yurgan, deb ayta olamiz, bu ramziy joy", - dedi Dudyuk.

Yozuvchi Oʻzbekistonda boshqa boʻlmagan, urushdan keyin u qattiq betob boʻlgan. Yakub Kolas oʻz ishchi stoli ustida 1956 yilning 13 avgust sanasida vafot etgan.

Uning Toshkentdagi eng yaqin doʻstlari oʻzbek shoirlari Hamid Olimjon va Zulfiyalar boʻlishgan. Ular Kolas yashaydigan uy yaqinida istiqomat qilishgan. Kolas, shuningdek, Toshkentdagi Salar kanalini juda yoqtirgan va unga sheʼrlaridan birini bagʻishlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala