Jamiyat

Yangi maktab formalari: qayerdan olsa boʻladi, narxi qancha?

Xalqaro Press-klubga yangi maktab formalarini kiygan maktab oʻquvchilari: yigit va qizlar taklif etildi. Tadbir davomida forma qanday matodan tikilgani, uning afzalliklari va dizayni xususida toʻxtalib oʻtildi.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Joriy yil 15 avgustidan boshlab Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi "Davlat umumtaʼlim maktab oʻquvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilingan edi.

Posetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formы - Sputnik Oʻzbekiston
Maktab formasini qayerdan sotib olish mumkin?

Xalqaro Press klubning 24-avgust kungi sessiyasida ushbu yangi maktab formalarining taqdimoti boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Yangi maktab formalari 1-6-sinflar va 7-11-sinflar uchun alohida dizaynda ishlab chiqilgan.

Dizayner taʼkidiga koʻra, katta sinflar uchun moʻljallangan va sinov jarayoniga berilgan 10 xil maktab formasidan 2 xili tasdiqlangan. Ular toʻq koʻk rangdagi formalardir.

Nega toʻq koʻk rang tanlandi degan savolga javob berar ekan, dizayner, yuqori sinf oʻquvchilari harakatda boʻlishlarini, bu esa ust libosning tezda kir boʻlishiga olib kelishini aytdi. Qolaversa, sinov jarayonida maktab oʻquvchilarining oʻzlari, ota-onalar va oʻqituvchilar ham aynan shu rangni maʼqullashgani uchun Xalq taʼlimi vazirligi va "Oʻztoʻqimachilik" birgalikda yuqori sinf oʻquvchilari uchun formani toʻq koʻk rangli matodan tayyorlashga kelishishgani maʼlum qilindi.

Material tarkibi: 55% paxta, 45% poliestr. Ichki koʻylak (rubashka va bluzkalar) yuqori sinf boʻlganliklari uchun 70% paxta, 30% poliestrdan iborat va bu gigiyena talablariga javob beradi.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun och koʻk rangdagi formalar va katak nusxali matodan tikilgan yubkalar tasdiqlangan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari pidjak kiyishga oʻrganmaganlarini hisobga olib, dizaynerlar bolalarga qulaylik tugʻdirish maqsadida ustki liboslarn bichimini bomber uslubida tikishga qaror qilganlar.

Knigi v shkolnoy biblioteki odnoy iz Uzbekskix shkol - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistondagi maktablarda yangi oʻquv yilidan dunyo dinlari tarixi oʻqitiladi

Forma matosi tarkibi 65% paxta va 35% poliestr. Ichki, badanga tegib turadigan qismi - 100% paxtadan ishlab chiqilgan.

Havo oʻtkazuvchanlikni taʼminlab beradi va oʻziga namlikni yaxshi singdiradi, dedi dizayner.

Hali ishlab chiqarish jarayoni tashkil etilmagani bois, maktab formalari narxi borasida bir qarorga kelinmagan. Narx forma ishlab chiqarilgandan keyin bozor mexanizmlari asosida belgilanadi va erkin savdoga chiqariladi, deyildi tadbir davomida.

Taʼkidlanishicha, maktab formalari har yili avgust oyida maktab-yarmarkalarida savdoga chiqariladi.

Eslatib oʻtamiz, 2018/2019 oʻquv yilida oʻquvchilarning maktabga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab esa majburiyligi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala