Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻiga "Telegram" orqali savol berish mumkin

© Ministerstvo oboronы RUzToshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100 yilligini nishonladi.
Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 100 yilligini nishonladi. - Sputnik Oʻzbekiston
Qurolli Kuchlar akademiyasiga ekskursiya uyushtirishni istagan oʻquvchi yoshlar guruhlari uchun ham yangi imkoniyat paydo boʻldi. Endi tashrif buyuruvchilarning arizalari "Telegram" kanali hamda saytdagi elektron manzillar orqali qabul qilinadi

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasining "Telegram"dagi @Qurolli_Kuchlar_Akademiyasi_bot nomli rasmiy kanali ishga tushdi. Endi fuqarolar oʻz murojatlarini ushbu manzilga yuborishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Shuningdek, Qurolli Kuchlari Akademiyasi rasmiy sayti ham ishga tushirilgan.

Samomu staromu voyennomu uchiliщu Uzbekistana ispolnyayetsya 100 let! - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasi 100 yoshga toʻladi

Veb-sayt Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati ochiqligini taʼminlab, taʼlim muassasa hayotiga bogʻliq tadbirlar va hodisalarni tezkorlik bilan yoritish, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Saytda akademiya rahbariyati, uning tuzilmasi va tarixi haqidagi axborotlar, boʻsh ish oʻrinlari, harbiy-ilmiy ishlar haqida batafsil maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

Ayni vaqtda sayt sinov rejimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Qurolli Kuchlar akademiyasiga ekskursiya uyushtirishni istagan oʻquvchi yoshlar guruhlari uchun ham yangi imkoniyat paydo boʻldi. Endi tashrif buyuruvchilarning arizalari "Telegram" kanali hamda saytdagi elektron manzillar orqali qabul qilinadi.

Taʼkidlash joizki, oʻtgan yillar davomida eng yopiq deb hisoblanib kelgan Mudofaa vazirligi 2017 yilda mudofaa.uz rasmiy veb-saytini, 2018 yilda esa "Telegram"da t.me/mudofaa_press kanali hamda ommabop ijtimoiy tarmoq hisoblangan "Facebook"da "Mudofaa_Press" rasmiy akkauntini ishga tushirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala