TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. AQShda respublikachi senator Jon Makkeyn 81 yoshida saraton kasalidan vafot etdi, deb xabar qildi NBCNews.
“Soʻnggi yil davomida senator bosh miya saratonining faol koʻrinishiga qarshi kurash olib borayotgan edi. Senator vafot etganda uning yonida rafiqasi Sindi va oila aʼzolari boʻlgan. Jon Makkeyn AQShga 60 yil xizmat qildi” – deyilgan xabarda.
Makkeyn amerikaning eng kuchli siyosatchilaridan biri hisoblanar edi. U bir necha yil davomida qattiqqoʻl tashqi siyosat olib borish va Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritish tarafdori sifatida tanilgan.
Bir necha oy oldin, senatorning ogʻir kasalligi maʼlum boʻlganidan soʻng, uning oila aʼzolari, senator va prezident orasidagi munosabatlarning “unchalik yaxshi emasligi” tufayli, Makkeynning taʼziyasida AQSH prezidenti Donald Trampni koʻrishni xoxlamasliklarini maʼlum qilishgan edi.
Jon Makkeyn 1936 yilda tugʻilgan Panamadagi aviabazada harbiylar oilasda tugʻilgan. Dengiz aviatsiyasida xizmat qilgan. Vʼyetnam urushi vaqtida uning samolyoti urib tushiraladi va Makkeyn asirga olinadi. Asirlikda Makkeyn 5,5 yil oʻtkazadi. Amerikaga qaytganidan soʻng Respublikachilar partiyasiga aʼzo boʻlib, siyosat bilan shugʻullana boshlaydi. 1986 yilda Arizona shtatidan senator boʻlib saylanadi. Jon Makkeyin ikki marotaba AQSH prezidentligiga nomzod boʻlgan 2000 va 2008 yillarda. Birinchi marotaba u Jorj Bush kichikka yutqazgan ikkinchi marotaba esa – Barak Obamaga.