Avtotransport davlat raqamini o‘g‘irlaganlarga qanday jazo beriladi?

© Ministerstvo oboroni RUzNomer avtotrasporta Ministerstva oboroni
Nomer avtotrasporta Ministerstva oboroni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV ogohlantiradi: kimda-kim avtomototransport davlat raqamiga shikast yetkazsa yoki o‘g‘irlasa - albatta qonun oldida javob beradi!

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Avtomototransportlaridagi davlat raqam belgilari daxlsizdir, ya’ni ushbu belgilar fuqaro yoki yuridik shaxsning emas - davlat mulkidir, deyilgan IIV xabarida.

Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda 070 avtomobil raqami 7,5 million so‘mga sotib olindi

“Avtomototransportlarga berilgan davlat raqam belgilari fuqaro yoki yuridik shaxslarning shaxsiy mulki emasdir. Davlat raqam belgilari avtomototransportlarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida berilgan raqam hisoblanadi. Avtomototransport boshqa shaxsga yoki yuridik shaxsga sotilganida (hadiya qilinganida, o‘tkazilganida) davlat raqam belgilari Yo‘l harakati  xavfsizligi boshqarmasining tegishli bo‘limlariga topshiriladi. Avtotransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan”, - deydi IIV muxbiri, katta serjant Mirzo Ulug‘bek Madalimov.

227-modda: Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish.

Eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Agarda ushbu harakatlar og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Samarqandda "777" avtoraqami deyarli 302 mln so‘mga sotib olindi

Misol tariqasida quyidagi holat keltirilgan: Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1-avgust kuni noma’lum shaxs Naqqoshlik ko‘chasida yashovchi B.Z.ning uyi oldida qarovsiz qoldirilgan “VAZ-21011” rusumli avtomashinaning old va orqa qismidagi davlat raqam belgilarini yechib ketgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan S.O. va Shayxontohur tumanida yashovchi E.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Shunga o‘xshash holatlar nafaqat kecha balki o‘tgan vaqt ichida fuqarolar tomonidan bir necha marotaba sodir etilgan. Ushbu munosabat bilan IIV yana bir bor ogohlantiradi: kimda-kim avtomototransportlardagi davlat raqam belgilariga shikast yetkazsa yoki o‘g‘irlasa, albatta qonun oldida javob beradi.  

Yangiliklar lentasi
0