GM Uzbekistan “45 daqiqada avtomobil”  aksiyasini e’lon qildi

© Gazeta.uzPartiya avtomobiley GM Uzbekistan
Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan avtosalonlarda mavjud bo‘lgan avtomobillarni 45 daqiqa ichida sotib olish imkoniyati borligini xabar qildi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. GM Uzbekistan ayni damda avtosalonlarda mavjud bo‘lgan avtomobillarni 45 daqiqa ichidan olib ketish mumkinligini e’lon qildi.

“GM Uzbekistan” AJ barcha dilerlik tarmoqlarida Mijoz to‘lov qilgan zahoti olib ketishi mumkin bo‘lgan avtomobillar mavjudligi haqida eslatib o‘tadi. Ushbu xizmat orqali xaridor o‘zining avtomobilini atiga 45 daqiqa ichida rasmiylashtirib, olib ketishi mumkin.

"Bugun kompaniyaning dilerlik tarmoqlarida «45 daqiqada Avtomobil!» dasturida 2259 dona Spark, Lasetti CNG va Cobalt rusumli avtomobil savdoga qo‘yilgan. Avtomobillarning to‘liq ro‘yxati va soni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin", - deyilgan xabarda.

Mazkur bo‘limdagi ma’lumotlar kundalik tarzda yangilanib boriladi. Dilerlarda mavjud avtomobillar soni sotilgan avtomobillar soniga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Avtomobil Chevrolet Malibu Hybrid - Sputnik O‘zbekiston
Chuqur tahlil va mulohazalardan so‘ng GM Uzbekistan ayrim modellar narxini 7,7 %ga oshirdi

Agar mijoz murojaat qilgan vaqtda dilerlik markazlarida kerakli avtomobil yo‘q bo‘lgan taqdirda, mijozlar elektron  buyurtmalar rasmiylashtirishlari mumkin, deyilgan xabar so‘ngida.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun olditn, GM Uzbekistan ikki oylik tanaffusdan so‘ng avtomobillar yana savdoga chiqarilgani va ayrim modellar narxi 7,7 %ga oshganini xabar qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0