Osiyo o‘yinlari kundaligi: Ruslan Nuriddinov jamoaga 6 - oltin medalni olib keldi

© GOH Chai Hin / AFPUzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov
Uzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddionov umumiy hisobda 421 tosh ko‘tarib oltinchi oltin medal sohibi bo‘ldi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida bugun O‘zbekiston jamoasi yana bir oldtn medalga sazovor bo‘ldi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabariga asosan.

Og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddionov umumiy hisobda 421 kg tosh ko‘tarib, O‘zbekiston jamoasi yutib olgan oltinchi oltin medal sohibi bo‘ldi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu oltin medal O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlarida Og‘ir atletika bo‘yicha yutib olgan birinchi oltin medali hisoblanar ekan.

Og‘ir atletika, ayollar. Omadoy Otaqo‘ziyeva dast ko‘tarishda 101, siltab ko‘tarishda esa 131, umumiy hisobda esa 232 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi. Bu ikkinchi natija! KUMUSh medal!

Karate bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda Barno Mirzayeva tailandlik Arm Sukkiauni 2:1 hisobida mag‘lub etib bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Karate. Saymatov bronza medali uchun vyetnamlik Xai Nguyenga qarshi jang o‘tkazdi va 1:8 hisobida g‘alaba qozonib bronza medalini yutib oldi.

Yangiliklar lentasi
0