Siyosat

Kamilov Afgʻoniston prezidenti bilan muhim masalalarni muhokama qildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tomonlarning temir yoʻl va energetika sohalari boʻyicha mutaxassislari "Mozori-Sharif-Hirot" temir yoʻl liniyasi hamda "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq baʼzi muhim masalalarni muhokama qilgan

TOSHKENT, 27 avg - Sputnik. 2018-yilning 27-avgust kuni Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Qobul shahrida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Afganskaya molodej - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Afgʻonistonlik Asila: Oʻzbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

"Vazir Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Afgʻoniston rahbariyatini dunyo musulmonlarining muhim bayrami - Qurbon hayiti munosabati bilan yana bir bor samimiy tabrikladi hamda butun birodar afgʻon xalqiga tinchlik va farovonlik tilaklarini yetkazib qoʻydi", - deyiladi xabarda.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida, 2018-yil 27-mart kuni Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining asosiy qoidalari amalga oshirilishining borishi, jumladan, Afgʻonistonda tinch siyosiy jarayonga koʻmaklashish boʻyicha oʻzaro kelishilgan soralar muhokama qilingan.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, avvlo oliy darajadagi muntazam Oʻzbekiston-Afgʻoniston muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi koʻrib chiqilgan.

Naneseniye rossiyskoy boyevoy aviatsiyey udarov po pozitsiyam IG v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Tojikiston Afgʻoniston shimoliga zarba bermagan

Xususan, tomonlarning temir yoʻl va energetika sohalari boʻyicha mutaxassislari "Mozori-Sharif-Hirot" temir yoʻl liniyasi hamda "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq baʼzi muhim masalalarni muhokama qildilar, deb taʼkidlanadi xabarda.

Taʼkidlanishicha, tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa mavzularini ham koʻrib chiqishgan.

Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston delegatsiyasi Qobul shahrida Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Hamdulla Muhib, Ijroiya hokimiyati rahbari Abdulla Abdulla va Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Nosir Andisha bilan muzokaralar oʻtkazganligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0