Lola Karimova navbatdagi yangi kitobni taqdim etdi

© IstagramLola Karimova
Lola Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“So‘nmas yog‘du” kitobi O‘zbekiston o‘quv yurtlari kutubxonalari, badiiy va ijodiy uyushmalarga tarqatiladi hamda kitob do‘konlarida sotuvga qo‘yiladi”, - deb yozgan Lola Karimova.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali “So‘nmas yog‘du” nomli yangi kitobni taqdim etdi.

“Ushbu fundamental nashrda usta-muallimning ijodiy va hayot yo‘li ochib berilgan. Rassomning san’at asarlari namunalari, arxiv materiallar, shuningdek, zamondoshlari va o‘quvchilari xotiralari kitobdan o‘rin olgan. Professor, san’atshunoslik doktori Akbar Hakimov muallifligidagi mazkur kitob Karimov Fondining loyihasidir”, - deb yozgan Lola Karimova.

Kitob muallifi, san’atshunoslik doktori Akbar Hakimov unikal arxiv fotosuratlar yordamida kitobxonlarga Chingiz Ahmarovning ijod va hayot yo‘lini ochib berdi. Nashrda ustoz asarlaridan ko‘plab namunalar ilk marotaba nashr etilmoqda.

Lola Karimova so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mazkur kitobning ingliz tilidagi nusxasini nashr etish ustida ish olib bormoqda.
 
“So‘nmas yog‘du” kitobi O‘zbekiston o‘quv yurtlari kutubxonalari, badiiy va ijodiy uyushmalarga tarqatiladi hamda kitob do‘konlarida sotuvga qo‘yiladi”, - deb yozgan Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0