O‘zbekistonda ko‘chma metan zapravkalar paydo bo‘ldi

© uem.gl.uzPeredvijnaya akkumulyatornaya gazonapolnitelnaya stansiya
Peredvijnaya akkumulyatornaya gazonapolnitelnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ko‘chma metan zapravkalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Endi siqilgan tabiy gaz eng uzoq qishloqqa ham boradi.

TOShKENT, 27 avg, Sputnik. Uzoq qishloqlarni gaz bilan ta’minlash va avtomobillarga kompressor stansiyasi bo‘lmasa ham gaz quyish muammosi hal qilindi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekneftegaz" AJ.

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida "O‘zbekneftegaz" va Koreyaning NK Group kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan UNG Enk Mobile kompaniyasi tomonidan ko‘chma gaz quyish va gaz jamlash akkumulyator stansiyalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zbekneftegaz” xabarida aytilishiga ko‘ra, ushbu ko‘chma gaz quyish stansiyalari hududiy tadbirkorlarga juda qo‘l kelishi mumkin. Ular o‘z hududlaridagi vaziyatni yaxshi tushungan holda, qayerga ana shunday gaz to‘ldirish stansiyalari ko‘proq kerakligini yaxshi tushunishadi. Masalan qishloq xo‘jalik ishlari avjiga chiqqan mavsumda ana shunday stansiyalar dalalar yaqinlarida o‘rnatilishi mumkin.

Sinov tariqasida ushbu yil boshida Koreyadan O‘zbekistonga ikkita ana shunday ko‘chma gaz to‘ldirish stansiyasi sotib olingan edi. Ular Toshkent viloyatida dalalarda ish mavsumida qishloq xo‘jalik texnikasini siqilgan tabiiy gaz bilan ta’minlashdi.

Ko‘chma gaz quyish akkumulyator stansiyasi bir martada 5000 kubmetrgacha gaz olib kelishi va 30ta traktorni zapravka qilishi mumkin. Kompaniya saytida aytilishiga ko‘ra, yuk avtomobili pritsepi shaklida yasalgan stansiya narxi 203 000 shartli birlik (dollar bo‘lsa kerak). 

Yangiliklar lentasi
0