Jamiyat

Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat lotereyasi tashkil qilinadi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi tashkil qilinayotgan Sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, jumladan, lotoreya hisobidan toʻldiriladi, deyilgan prezident qarorida.

TOSHKENT, 27 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish haqida prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda UzA.

Qarorda aytilishiga koʻra, Moliya hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklari taklifiga binoan, Oʻzbekistonda Sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil qilinadi. Jamgʻarma, mahalliy hamda xorijiy donorlar va metsenatlar mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 

“Renovatsiya dasturini, “Yoʻl xaritasi”ni hamda respublikaning madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamgʻarmaga lotereyalar tashkil etish va oʻtkazish huquqi berilsin”, - deyilgan prezident qarorida.  

Lotereya chiptalarini tarqatish va ular boʻyicha yutuqlarni toʻlash “Oʻzbekiston pochtasi” va Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0