Jamiyat

FVV Toshkent shahrida yuz bergan kimyoviy avariya tafsilotlarini maʼlum qildi

© MCHS UzbekistanaLikvidatsiya ximicheskoy avarii na jeleznodorojnoy stantsii "Churuksay"
Likvidatsiya ximicheskoy avarii na jeleznodorojnoy stantsii Churuksay - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
27 avgust kuni kechga tomon ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning ayrim tumanlarida oltingugurtniki oʻxshash oʻtkir, yoqimsiz hid anqiyotgani haqida xabarlar paydo boʻldi.

TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. FVV Toshkent shahrida yuz bergan kimyoviy avariya tafsilotlari maʼlum qildi.

Bolnitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
FVV Moskva viloyatida zaharlanganlar roʻyxatini eʼlon qildi

27 avgust kuni soat 21:45 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi "Chuqursoy" koʻchasida joylashgan "Universal logistik servis" MCHJ temir yoʻl stantsiyasida konteyner ichida temir idishlardagi "Gidrosulfat natriya" tutayotganligi va yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushdi.

Ushbu kimyoviy modda stantsiyaga shu yil 20 avgust kuni kelib tushgan va saqlanib kelingan.

Vaziyat boʻyicha xabar topilganidan soʻng, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar va Yongʻin havfsizligi boshqarmalari ekipajlari birgalikda zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi va 28 avgust kuni soat 04:20 gacha konteyner ichidagi har biri 54 kilogrammga teng boʻlgan 384 ta temir idishlar tashqariga olib chiqildi.

 

© MCHS UzbekistanaLikvidatsiya ximicheskoy avarii na jeleznodorojnoy stantsii "Churuksay"
FVV Toshkent shahrida yuz bergan kimyoviy avariya tafsilotlarini maʼlum qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Likvidatsiya ximicheskoy avarii na jeleznodorojnoy stantsii "Churuksay"

Olib chiqilgan idishlarning 109 tasining butunligi buzilganligi sababli voqea joyida zararsizlantirildi.

Hudud tegishli maxsus oʻlchov asbob-anjomlari bilan oʻrganildi va havoning kontsentratsiyasi hamda radiatsion fon meʼyorida ekanligi aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0