Grin kard borasida muhim ma’lumot e’lon qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Soyedinennix Shtatov Ameriki.
Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Grin kardga anketasi bilan topshirilayotgan fotosuratlar 6-yildan eski bo‘lmasligi kerak, aks holda bunday anketalar hisobga olinmasligi mumkin.

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining rasmiy telegram kanalida Green Card lotereyasiga oid muhim ma’lumotni e’lon qildi.

Unda aytilishiga ko‘ra, Grin kardga anketasi bilan topshirilayotgan fotosuratlar 6-yildan eski bo‘lmasligi kerak, aks holda bunday anketalar hisobga olinmasligi mumkin.

“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi dasturiga kiritiladigan fotosurat yangi yoki yaqinda olingan bo‘lishi shart. Olti oydan ko‘p muddat avval olingan fotosuratni topshirish dasturdan chetlatilishga, ya’ni diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin!”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida O‘zbekiston grin-kard lotoreyasida eng faol ishtirok etayotgan mamlakatlardan biri. Shuningdek O‘zbekiston fuqarolari uchun Grin-kard lotoreyasida eng ko‘p o‘rin berilgan.

Yangiliklar lentasi
0