Dunyoda

Rossiya TIV Afgʻoniston boʻyicha uchrashuvni boshqa sanaga qoldirilganligini tasdiqladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishMID RF
MID RF - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dushanba kuni TIV rahbari Sergey Lavrov Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvada sentyabr boshida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Afgʻoniston boʻyicha muzokara oʻtkazishni boshqa sanaga qoldirilganligini tasdiqladi. Yangi sana diplomatik kanallar orqali kelishiladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov Afgʻoniston prezidenti bilan muhim masalalarni muhokama qildi

Dushanba kuni TIV rahbari Sergey Lavrov Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Muloqot chogʻida Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumaladan Afgʻoniston boʻyicha  ikki davlat raisligi ostida Moskva formatidagi uchrashuvni oʻtkazish muhokama qilindi. Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Moskva uchrashuvini oʻtkazish fikrini qoʻllab-quvvatlab, ushbu masala boʻyicha afgʻon tomonining yagona pozitsiyasini ishlab chiqish, shu jumladan Afgʻoniston kuch xizmatlari rahbariyatida boʻlayotgan oʻzgarishlar sababli ushbu uchrashuvni boshqa sanasiga oʻtkazishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Tomonlar “uchrashuvning yangi sanalari boʻyicha ishlar diplomatik kanallar orqali hamkorlikda olib borilishiga kelishildi”, deya qoʻshimcha qildi TIV.  

Dunyoda
Afgʻoniston Moskvada sentyabr boshida oʻtadigan uchrashuvda ishtirok etmaydi

Oʻtgan haftada rasmiy Qobul Afgʻoniston boʻyicha Moskvada 4 sentyabrda oʻtkazishi rejalashtirilgan uchrashuvda ishtirok etmasligini maʼlum qilgandi. Chunki ushbu konferentsiyaga “Tolibon” delegatsiyasi kelishi mumkin. Shu bilan birga, Moskva va Qobul Afgʻoniston masalasi boʻyicha qator keskin bayonotlar bilan ham almashishdi.

Oʻtgan haftada Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Muxammad Xanif Atmar isteʼfoga chiqdi. OAVlar maʼlumotlariga qaraganda, Atmar prezident Ashraf Gʻanining kursi bilan rozi boʻlmagan. Atmar bu lavozimda boʻlganda bir necha marta Moskvada boʻlgan va u yerda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev va TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralar oʻtkazgan. Uning oʻrnini AQShdagi Afgʻoniston elchisi egallashi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0