Jamiyat

Bayrami kunlari yopiladigan koʻchalar nomi eʼlon qilindi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishBelorussko-ukrainskaya granitsa
Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida 31 avgust va 1 sentyabr kunlari harakat toʻxtatiladigan koʻchalar va bogʻlar nomi eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 29 avg – Sputnik. Mustaqillik bayrami kunlari Toshkentning ayrim koʻchalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi, deb xabar qilmoqda Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilliginin g 27 yilligi bayrami tantanalarini oʻtkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash hamda yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida quyidagi keltirilayotgan koʻchalarda barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.

2018 yil 31 avgust kuni:

— Amir Temur koʻchasi – Islom Karimov koʻchasidan Navoiy koʻchasigacha
— Buxoro koʻchasi – Taras Shevchenko koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha
— Islom Karimov koʻchasi — Taras Shevchenko koʻchasidan Amir Temur koʻchasigacha
— Matbuotchilar koʻchasi – Nuroniylar koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha
— Istiqlol koʻchasi – Zarafshon koʻchasidan – Istiqbol xiyobonigacha
— Oloy koʻchasi – Shahrisabz koʻchasidan – Istiqlol koʻchasigacha
— Mustaqillik koʻchasi – Shahrisabz koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha
— Mahtumquli koʻchasi — Shahrisabz koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha
— Istiqbol koʻchasi — Shahrisabz koʻchasidan — Amir Temur xiyobonigacha

© Press-slujba xokimiyata Tashkenta31 avgust va 1 sentyabr kunlari yopiladigan koʻchalar
Bayrami kunlari yopiladigan koʻchalar nomi eʼlon qilindi - Sputnik Oʻzbekiston
31 avgust va 1 sentyabr kunlari yopiladigan koʻchalar

2018 yil 1 sentyabr kuni mushak otish vaqtida:

— Seul koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismi
— Bobur koʻchasining Oʻrikzor koʻchasidan Sharshara koʻchasigacha boʻlgan qismi
— Furqat koʻchasining Sharshara koʻchasidan I. Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi
— Beshyogʻoch koʻchasining Furqat koʻchasidan I. Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi
— I.Karimov koʻchasining SH. Rashidov koʻchasidan Qoratosh koʻchasigacha boʻlgan qismi
— Afrosiyob koʻchasining SH. Rashidov koʻchasidan I. Karimov koʻchasigacha boʻlgan qismi
— Chilonzor koʻchasining Muqumiy koʻchasidan Novza koʻchasigacha boʻlgan qismi
— Novza koʻchasining Chilonzor koʻchasidan Bunyodkor koʻchasigacha boʻlgan qismi
— Baynalminal koʻchasining Bunyodkor koʻchasidan Muqumiy koʻchasigacha boʻlgan qismi
— I. Karimov koʻchasining Beshyogʻoch koʻchasidan SH. Rashidov koʻchasigacha boʻlgan qismida barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.

Shuningdek, 2018 yil 1 sentyabr kuni bayram tadbirlari oʻtkaziladigan:

“Lokomotiv-Anho r”, “Gʻafur Gʻulom”, “Bobur”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Ashxobod”, “Furqat”, “Quyoshcha nuri”, “Bogʻishamol”, “Abdulla Qodiriy”, “Doʻstlik” va “Grin Park” bogʻlariga, Hayvonot bogʻi oldidagi maydonga, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldiga tutash koʻchalarda xalq sayli vaqtida hamda vaziyat taqozo etganda boshqa koʻchalarda ham transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala