Jamiyat

Mirziyoyev: dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil pole fermerskogo xozyaystva "Yusupov Gofurjon fayz" Bekabadskogo rayona
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil pole fermerskogo xozyaystva Yusupov Gofurjon fayz Bekabadskogo rayona - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Qishloq xoʻjaligida klaster usuliga oʻtyapmiz, fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlayapmiz. Bugun biz sizlarga koʻmak bersak, ertaga sizlar xalqimizga koʻmak boʻlasizlar”, - dedi davlat rahbari.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod tumanidagi “Yusupov Gʻofurjon fayz” fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, paxta rivojini koʻzdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent viloyati fermerlari bilan muloqotda gʻoʻzani 60 santimetr oraliqda qoʻshqator ekish, agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish, suvdan tejab foydalanish, paxtani qayta ishlash masalalari haqida soʻz yuritildi.

“Bizning kamchiligimiz qishloq xoʻjaligida ilmni ishlatmaymiz. Dunyoda bozorida raqobat shafqatsiz. Unga munosib boʻlish uchun avvalo ilm kerak. Yaxshi nav, yaxshi qarov, innovatsion texnologiyalar kerak. Dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur” dedi prezident.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil pole fermerskogo xozyaystva "Yusupov Gofurjon fayz" Bekabadskogo rayona
Mirziyoyev: dehqon dalaga kirdimi, daromad topishi zarur - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil pole fermerskogo xozyaystva "Yusupov Gofurjon fayz" Bekabadskogo rayona

“Yusupov Gʻofurjon fayz” fermer xoʻjaligi joriy yilda 31 gektar maydonga gʻalla ekib, 71 tsentnerdan oshirib hosil oldi. Bugungi kunda 47 gektardan ortiq maydonda gʻoʻza parvarishlanmoqda. Undan 35 tsentnerdan ziyod hosil olish moʻljallanmoqda. 

Fermer eksportchi tashkilotlarga mosh, loviya, ichki bozorga kartoshka va sabzi sotish boʻyicha shartnoma  tuzgan.

Yangiliklar lentasi
0