Roskomnadzor “Yandeks”ga ultimatum qo‘ydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOfis internet-kompanii "Yandeks"
Ofis internet-kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Roskomnadzor 30-avgustdan boshlab "Yandeks.Video" faoliyatini cheklashi mumkin.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Rossiyaning OAV va axborot texnologiyalari sohasini nazorat qiluvchi organi Yandeks qidiruv tizimidan, mualliflik huquqlari buzilishi tufayli, ayrim videomateriallarni yo‘q qilib tashlashni talab qilmoqda.

Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
Telegramni bloklagani uchun Roskomnadzor ustidan sudga ilk da’vo arizasi berildi

Xususan Roskomnadzor TNT, TV-3, 2×2 va "Super" telekanallari muldori bo‘lgan “Gazprom-media” kompaniyasi so‘roviga binoan "Yandeks.Video" xizmatidan "Domashniy arest", "Vne igri", "Misticheskie istorii" va "Ostorojno zemlyane" kabi videomateriallarni o‘chirib tashlashni talab qilgan.

Aks holda "Yandeks.Video" faoliyati 30-avgustdan boshlab cheklanadi, deyilgan talabnomada.

Yandeks Davlat nazorat organining ushbu talabini noqonuniy deb hisoblaydi. Kompaniya fikriga ko‘ra, videomateriallar Yandeks serverlarida joylashtirilmagan. Shuning uchun ushbu materiallarni internetga joylagan manbaalarni ta’qiqlash kerak, qidiruv tizimini emas, deb hisoblaydi Yandeks.

“Yandeks” qidiruv tizimi sifatida, Rossiya qonunlariga to‘la himoya qilgan holda faoliyat yuritmoqda. Bizga qo‘yilgan talablar asoslanmagan. Biz uni Moskva shahar sudida muhokama qilamiz”, - deyishdi kompaniyada.

Eslatib o‘tamiz, bundan biroz oldin, “Yandeks” Roskomnadzor tomonidan tayyorlangan, internetda mualliflik huquqlari buzilishiga qaratilgan memorandumga ham qo‘shilmagan edi.

RIA Novosti xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0