Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligini taʼkidladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po sotsialno-ekonomicheskomu razvitiyu Tashkentskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po sotsialno-ekonomicheskomu razvitiyu Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
"Odamlarimiz faqat mashinalarda yurmasdan, koʻproq velosiped haydasa, yuragi baquvvat boʻladi, umri uzayadi. Shuning uchun bu korxonani ishga tushirishni tezlashtirish kerak” - dedi Mirziyoyev.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.  

Vertolet prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning yangi vertolyoti namoyish qilindi

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatida joriy yilda 622 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqarish loyihasi ulardan biridir. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ushbu korxonaga 80 million dollar investitsiya yoʻnaltirish, 260 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev bu loyihaga alohida eʼtibor qaratdi. Velosiped ishlab chiqarishni koʻpaytirib, yoʻl boʻylarida yoʻlakchalar tashkil etib, velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligini taʼkidladi. 

“Bu sogʻlik degani. Odamlarimiz faqat mashinalarda yurmasdan, koʻproq velosiped haydasa, yuragi baquvvat boʻladi, umri uzayadi. Shuning uchun bu korxonani ishga tushirishni tezlashtirish kerak” - dedi prezident.

Korxona qurilishi joriy yil oktyabrda boshlanadi.

Oʻzbekiston rahbari sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm sohalariga oid loyihalar boʻyicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala