Madaniyat

Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova orden bilan mukofotlandi

Prezident farmoniga asosan bir qator artistlar “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

TOSHKENT, 29 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisidagi prezident farmoni imzolandi.

Vыsokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mustaqillik kuni arafasida poyezdlarga 50% chegirma eʼlon qilindi

Oʻzbek xalqining ilmiy-intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, taʼlim, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatan mustaqilligini, yurtdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qoʻshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi koʻp yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Abdullayeva Nasiba Melikovna – “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi xonandasi;

Ahmedov Yoqub - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori;

Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi “Baxtli bolalik” namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati;

Joʻrayev Sherali – “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi xonandasi;

Zakirov Farrux Karimovich – “Yalla” ansambli badiiy rahbari;

Otajonov Ortiq - Oʻzbekiston xalq artisti;

Sagdiyev Yodgar Xabibovich - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori;

Usmonova Yulduz Ibragimovna – “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi xonandasi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala