Iqtisod

"Brest" EIZ rahbari oʻrinbosari Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAleksandr Shukaylo, zamestitel glavы administratsii SEZ "Brest"
Aleksandr Shukaylo, zamestitel glavы administratsii SEZ Brest - Sputnik Oʻzbekiston
29-30 avgust kunlari dunyoning 25 davlatidan boʻlgan xorijiy tashkilotlar vakillari va investorlar Jizzax viloyatida yigʻildilar. Xalqaro biznes forumga taklif etilganlardan biri Brest EIZ rahbari oʻrinbosari Aleksandr Shukaylo Oʻzbekistonga gretsiyalik investorni olib keldi

TOSHKENT, 30 avg - Sputnik. Brest viloyati(Belarus) erkin iqtisodiy zonasi "Jizzax" EIZ bilan hamkorlik va tajriba almashib turish borasida shartnoma imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Jizzaxda oʻtkazilgan Xalqaro investitsiyaviy forum doirasida Brest EIZ maʼmuriyati boshligʻi oʻrinbosari, belaruslik investor Aleksandr Shukaylo.

Natsionalnaya vыstavka proizvoditeley v ramkax mejdunarodnogo investitsionnogo foruma v Djizake - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jizzax viloyati butun dunyodan investorlarni chorladi

Forumning asosiy kirish qismidan soʻng jurnalistlar bilan suhbatda boʻlgan Shukaylo bundan bir oy oldin Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev boshchiligidagi delegatsiya Belarus respublikasiga tashrif buyurganini aytdi.

"Biz oʻshanda "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasi rahbari bilan ham tanishdik. Oʻzimizning EIZimizda erishgan yutuqlarimiz haqida hamkasblarimizga gapirib berdik. Mana hozir, Oʻzbekistonni tomosha qilgani keldik", - dedi Shukaylo.

Brest EIZ rahbari oʻrinbosari shuningdek Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Oʻzbekiston haqidagi ilk tassurotlarim juda yaxshi. Bizga poytaxtingiz Toshkent juda yoqdi. Ajoyib shahar. Jizzax bilan hali yaxshi tanishishga ulgurganimiz yoʻq, aminmanki, taassurotlarimiz ijobiy boʻladi", - dedi u.

Shukayloning taʼkidlashicha, bundan buyogʻiga Belarus Respublikasi Oʻzbekiston bilan oʻzaro investorlar almashishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan. Ikki davlat vakillari xorijiy investorlarga investitsiya kiritishning yangi yoʻllarini topishda koʻmaklashishda yaqindan hamkorlik qilmoqchi.

Shukaylo Oʻzbekistonga gretsiyalik investorni olib kelganini va hamrohida biznesni rivojlantirish boʻyicha aniq rejalar borligini maʼlum qildi.

"Lekin bu rejalar investitsiya kiritish bilan emas, balki koʻproq meva-sabzavotlarni Belarus Respublikasiga yetkazib berish bilan bogʻliq", - dedi Shukaylo.

Neftepererabatыvayuщiy kompleks. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Britaniya Jizzax neft zavodi qurilishiga sarmoya kiritishi mumkin

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 29-30 avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum boʻlib oʻtmoqda. Viloyat tarixida ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Jizzaxning investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy koʻrgazmasini tashkil etishga qaratilgan.

Jizzax investitsion forumida Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, XXR, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 25 mamlakatdan 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.

Tadbir davlat investitsiyalar qoʻmitasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazildi.

Ushbu biznes-forumda xorijiy OAVlar vakillari, shu jumladan, Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ham ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala