Iosif Kobzon vafot etdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova Iosif Kobzon
 Iosif Kobzon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iosif Kobzon 2005-yildan buyon saraton kasalidan aziyat chekayotgan edi.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Rossiyaning eng taniqli estrada xonandalaridan biri Iosif Kobzon 80 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xonanda iyul oxirida og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Uning hayoti sun’iy nafas olish uskunasi yordamida saqlab turilgan.

© Sputnik / Vladimir VatkinNarodniy artist RSFSR, sovetskiy estradniy peves (bariton) Iosif Davidovich Kobzon dayet konsert v Kabule.
Iosif Kobzon vafot etdi - Sputnik O‘zbekiston
Narodniy artist RSFSR, sovetskiy estradniy peves (bariton) Iosif Davidovich Kobzon dayet konsert v Kabule.

Iosif Davidvich Kobzon – Sovet Ittifoqi va Rossiya xalqining sevimli xonandasi. Uning ijrosida 3 mingdan ortiq qo‘shiqlar yozilgan. U Rossiyaning 20ta shahri va MDHning bir necha shaharlarining “sharafli fuqarosi”  unvoniga sazovor bo‘lgan.

Iosif Kobzonning taqdirining bir qismi O‘zbekiston bilan ham bog‘liq.  Ikkinchi Jahon urushi yillarida Iosif o‘z buvisi va nogiron akasi bilan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan. Kobzonlar oilasi Yangiyo‘lda 1944-yilga qadar yashagan.

© Sputnik / Igor MaslovPerviy zamestitel predsedatelya komiteta Gosudarstvennoy Dumi RF po kulture, peves Iosif Kobzon
Iosif Kobzon vafot etdi - Sputnik O‘zbekiston
Perviy zamestitel predsedatelya komiteta Gosudarstvennoy Dumi RF po kulture, peves Iosif Kobzon
Yangiliklar lentasi
0