Lukashenko O‘zbekistonga keladi: bu shunchaki “quruq” kelib-ketish bo‘lmaydi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tish Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko
 Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida asosiy hamkorlardan biri sifatida e’tirof etib kelgan. Ammo prezident Shavkat Mirziyoyev siyosati tufayli ushbu hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

 Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa - Sputnik O‘zbekiston
Belarus va O‘zbekiston do‘stligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas busti o‘rnatildi

Lukashenkoning tashrifidan muddao nima, degan savolga javob berishdan oldin ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatiga nazar tashlasak.

Belarus elchixonasi faoliyatiga 5 oy to‘ldi

O‘zbekistonda Minsk traktor zavodi mahsulotlariga talab katta.  2017-2018 yillarda O‘zbekiston Belarus davlatidan 10 mln dollarlik traktor texnikasi va ehtiyot qismlarini xarid qilgan. Ammo rasmiy Minsk elchixonasining Toshkentda faoliyat yuritayotganiga endigina 5 oy to‘ladi.

Ya’ni Mustaqillik e’lon qilinganidan keyin Belarus O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan bo‘lsa-da, uning Toshkentda elchixonasi bo‘lmagan.

Bu qaror o‘rtadagi munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida qabul qilingani tabiiy.

Toshkent va Minsk: o‘rtada qiziqarli tadbirlar ko‘p

Minsk va O‘zbekiston o‘rtasida jamoatchilik uchun qiziqarli tadbirlar allaqachon boshlab yuborilgan. Misol uchun, joriy yil aprel oyida Toshkentda Belarus madaniyati kunlari o‘tkazilgan edi. Minsk bunga javoban O‘zbekiston madaniyati kunlarini yil oxirida o‘tkazishni rejalashtirgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus sanoat va qishloq xo‘jaligi kompaniyalari bilan tanishadi

O‘zbekiston va Belarusni bog‘lovchi rishtalar ham bisyor. Ilgariroq, xabar berganimizdek, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston Belarusdan ko‘plab ziyolilarga boshpana bergan. O‘zbek xalqi ularni o‘z qardoshidek qarshi olgan. Bunga yorqin misol tarzida yaqinda Toshkentda busti ochilgan belarus yozuvchisi Yakub Kolasning xotiralarini misol keltirish mumkin.

Lukashenko Mirziyoyev haqidagi e’tirofi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z rasmiy bayonotlaridan birida Shavkat Mirziyoyev bilan so‘nggi bir yil ichida 20-yil davomida qilingan ishlardan ko‘proq ishlarni amlaga oshirganini e’tirof etgan edi.

Eng qizig‘i, Lukashenko, bu o‘zgarishlarda O‘zbekiston rahbarining ulkan xizmatlari borligini ochiq tan olgandi.

“Mening xizmatim juda kam. Sizning prezidentingiz xizmati katta. U aqlli, iqtidorli inson, Bosh vazir sifatida ishlagan vaqtida butun dunyoni ko‘rgan, nafaqat Minsk-Toshkent, balki barcha yo‘nalishlarda vaziyatni hotirjam baholagan va katta sakrashni amalga oshirdi”, - degan edi Lukashenko.

Ikki davlat o‘rtasidagi turistik hamkorlik kuchayishi kutilmoqda

Belarus va O‘zbekiston turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirgan. Belarus Sport vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, tomonlar ushbu sohada aloqalarni faollashtirish vaqti kelganini e’tirof etishgan.

O‘zbekistonning Belarusga, Belarusning O‘zbekistonga taklif eta oladigan madaniy yodgorliklari: tarixiy obidalari, tabiiy resurslari, turistik xizmatlar majmui mo‘l, deyiladi xabarda.

Delegatsiya iz Uzbekistana posetila Belorusskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AES qurilishida Belarus tajribasini o‘rganadi

Asosiy masala – axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishda. Shuningdek, ikki mamlakatning turistik kompaniyalari uchun axborot turlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Belarus davlatlari bugun rahbarlar darajasida munosabatlarni mustahkamlaganiga qaramay, barcha sohalarda: xoh u turizm, sport, ta’lim yoki iqtisodiy hamkorlik bo‘lsin – rejalashtirilgan va amalga oshiriladigan ishlar mo‘l.

Demak, Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi shunchaki “quruq” kelib ketish bo‘lmaydi. Bu tashrif, Lukashenko ta’biri bilan aytganda, o‘zbek va belarus xalqlari dasturxoniga farovonlik olib keladigan tashrif bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0