Iqtisod

Oʻzbekistonda gazobeton ishlab chiqaruvchi zavodlar quriladi

© Sputnik / Igor ZaremboGazobeton
Gazobeton - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning har bir viloyatida zamonaviy qurilish materiali – gazobeton ishlab chiqaruvchi zavod quriladi.

TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda bir necha gazobeton ishlab chiqaruvchi zavod quriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yoʻl-qurilish texnikasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
“Oʻzavtoyoʻl” Oʻzbekistonda yangi afalt-beton zavodlari ochadi

Jizzax viloyatida boʻlib oʻtayotgan xalqaro investitsion forumda Germaniya va Turkiya davlatidan boʻlgan hamkorlar bilan Oʻzbekistonda avtoklav uslubida gazobeton ishlab chiqaruvchi bir necha zavod qurishga kelishib olingan. 

Wehrhann kompaniyasi prezidenti Klaus Bonmann aytishiga qaraganda, bu loyihaning umumiy qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi. Dastlab Oʻzbekistonning beshta viloyatida bittadan zavod qurish rejalashtirilmoqda.

“Keyinchalik yana 7ta zavod quriladi. Bizning maqsadimiz – Oʻzbekistonning har 12 viloyatida bittadan avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona qurish” , - dedi Bonmann.

Germaniyalik biznesmenning aytishiga qaraganda, yangi qurilish materiali tufayli  Oʻzbekiston aholisi zamonaviy va sifatli materialdan uy qurish imkoniga ega boʻladi.

Stroitelstvo doma v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev qurilish vazirligini tashkil etdi

Gazobeton – gʻovak (teshik-teshik) betonning bir turi boʻlib, zamonaviy qurilish materiali. Uni baʼzan “sunʼiy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida  1-3 millimetrli pufaklar mavjud boʻlib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam hamda issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega boʻladi.

© Sputnik / Igor ZaremboProizvodstvo gazobetona
Oʻzbekistonda gazobeton ishlab chiqaruvchi zavodlar quriladi - Sputnik Oʻzbekiston
Proizvodstvo gazobetona

Yevropa mamlakatlarida gazobeton 50 yildan ortiq vaqt davomda qurilish materiali sifatida foydalanib kelinmoqda. Gazobeton Rossiyada ham soʻnggi 10 yillda qurilish materiali sifatida keng tarqalgan.  

Wehrhann kompaniyasi 1892 yildan buyon qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi liniyalar  bilan shugʻullanadi. Avtoklav gazobetin ishlab chiqarish liniyalarini kompaniya 35 yil oldin boshlagan. Bugungi kunda Wehrhann kompaniyasi Rossiyada ham bir necha zavod qurgan.

2018-yilning 29-30 avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum oʻtkazildi. Ushbu tadbirdan maqsad Jizzax viloyatining investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy koʻrgazmasini tashkil etishga qaratilgan. Tadbir davlat investitsiyalar qoʻmitasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala