General-mayor Poʻlat Bobojonov ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yoʻlladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaInspektoram profilaktiki vruchenы klyuchi ot kvartir i mashin
Inspektoram profilaktiki vruchenы klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik Oʻzbekiston
IIV rahbari ichki ishlar organlari xodimlariga masʼuliyatli va sharafli xizmatlarida ulkan zafarlar tilagan

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri general-mayor Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mamlakat ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tabrigini yoʻlladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya priyema v chest Dnya Nezavisimosti - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Hammasi oʻzgarishi uchun, avvalo inson oʻzgarishi kerak - Mirziyoyev nutqidagi asosiy fikrlar

"Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlarining barcha xodimlari, qorovul  qoʻshinlari va xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlarining harbiy xizmatchilari, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchi- kursantlarini, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligi va el-yurtimiz tinchligini himoya qilib, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini, faxriylarni samimiy muborakbod etaman.

Yurtimizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonunchilik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, oilaviy totuvlik, mustaqil Vatanimiz barqarorligi yoʻlidagi ezgu va xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman", - deyiladi IIV rasmiy saytida eʼlon qilingan tabrik matnida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala