Mirziyoyev 3-sentabr kuni Qirg‘izistonga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev spuskayetsya s trapa samoleta v Vashingtone
Shavkat Mirziyoyev spuskayetsya s trapa samoleta v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sammitda prezidentlardan Sooronbay Jeenbekov, Ilxom Aliyev, Nursulton Nazarboyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘on ishtirok etishlari kutilmoqda

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning taklifiga binoan 2018-yil 3-sentabr kuni tashrif bilan Qirg‘izistonga boradi", - deyiladi xabarda.

Vstrecha ministrov inostrannix del stran SA v Cholpon Ate - Sputnik O‘zbekiston
Cho‘lpon Otada tashqi ishlar vazirlari nimalarni muhokama qilishdi?

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston rahbari Cho‘lpon-ota shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorligi kengashining sammitida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 3-sentabr kuni Issiq-ko‘l viloyatining Cho‘lpon-ota shahrida Turkiyzabon davlatlar kengashining VI sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Qirg‘iziston rahbari Sooronbay Jeenbekov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘on ishtirok etishlari kutilmoqda.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ushbu yig‘ilishda faxriy mehmonlar sifatida qatnashadilar.

Sammit yakunida uning ishtirokchilari qator qo‘shma hujjatlar imzolaydilar. Tadbir davomida Turkiyzabon davlatlar kengashiga raislik qilish Qozog‘istondan Qirg‘izistonga o‘tadi.

Turkiyzabon davlatlar kengashi - zamonaviy turkiy tilli davlatlarni birlashtirib turuvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Bosh maqsadi - a’zo-davlatlar o‘rtasida ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turkiy kengash 2009-yil oktabr oyida Ozarbayjonning Naxchivan shahrida tashkil topgan. Tuzilma tarkibiga Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kiradi.

Yangiliklar lentasi
0