Toshkent "bosh militsioneri": O‘zbekiston ichki ishlar xodimlari fuqarolar hayotini qadrlaydi

© Sp;utnik / Dilshoda RaxmatovaNachalnik GUVD Tashkenta Rustam Djurayev
Nachalnik GUVD Tashkenta Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikada politsiyachilar tomonidan "Tez tibbiy yordam" seriali qahramoni Vanessa Markes o‘z xonadonida otib o‘ldirildi. O‘zbekistonda huquq-tartibot organlari xodimlarining qurol ishlatishga munosabati haqida Toshkent IIBB rahbari fikrlarini e’tiboringizga havola qilamiz

TOShKENT, 1 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Kaliforniyada politsiyachilar "Tez tibbiy yordam" serialida suratga tushgan aktrisa Vanessa Markesni uning Los-Anjeles yaqinidagi kvartirasida otib o‘ldirdi, deb xabar qildi Los Angeles Times.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi

Ma’lum bo‘lishicha, Pasadina politsiyasi xodimlari ruhiy kasallik bilan og‘rigan 49 yashar aktrisaning uyiga kvartira egasining chaqiruvi tufayli kelganlar. Aktrisa hayotidan tashvishlangan erkak politsiyachilarga qo‘ng‘iroq qilgan bo‘lgan.

Tartib posbonlari va psixiatr-shifokorlar 1,5 soat davomida aktrisani shifokorlardan yordam olishga ko‘ndirishga urinishgan. Suhbat jarayoni davomida Markes pnevmatik to‘pponchani qo‘liga olgan va uni politsiyachilarga to‘g‘irlagan, qurolni haqiqiy deb o‘ylagan politsiyachilar aktrisaga qarata o‘t ochishgan.

Shu o‘rinda, hafta boshida Mirobod tumani aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Toshkent shahar IIBB rahbari general-mayor Rustam Jo‘rayevning O‘zbekiston ichki ishlar xodimlari vakolatlari to‘g‘risida bildirgan fikrlarini keltirib o‘taman.

Jo‘rayev jurnalist tomonidan berilgan "Ichki ishlar vakili va fuqaro munosabati" to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, ichki ishlar organlari xodimlari - bu hukumat vakillari ekanini, shu bois, xizmat vazifasini o‘tayotgan yo‘l-patrul xizmati yoki boshqa ichki ishlar xodimlarida fuqarolarga nisbatan qandaydir savollar tug‘ilishi tabiiyligini va bu savollarni fuqarolar inkor etmasliklari lozimligini ta’kidladi.

Nochnoe  avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda nima qilish kerak – IIBB rahbari javobi

"Mening fikrim shunday, o‘zini hurmat qiladigan fuqaro, birinchi navbatda talablarga bo‘ysunishi lozim. Bu talablar qanchalik noo‘rin yoki noto‘g‘ri tuyulmasin, fuqaro bo‘ysunishi kerak. Deylik, agar o‘tish so‘ralgan bo‘lsa - o‘tish kerak, yoki deylik to‘xtash so‘ralgan bo‘lsa, to‘xtalishi lozim. Agar qandaydir savollar berilgan bo‘lsa, ularga javob berish kerak", - deb aniqlik kiritdi Toshkent IIBB rahbari.

General-mayorning aytishicha, agar mana shundan so‘ng fuqaro huquqni muhofaza qilish organi xodimi harakatlaridan norozi bo‘ladigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda shikoyat qilishga haqli.

"Marhamat, agar organ xodimi harakatlarini noto‘g‘ri deb o‘ylasangiz, ariza bilan murojaat qiling. IIBB yoki o‘z navbatida prokuratura organi xodimlari tomonidan fuqarolarning arizalari har bir holat bo‘yicha alohida ko‘rib chiqiladi", - deb ishontirdi u.

IIBB rahbariga ko‘ra, mana shundagina huquq-tartibot organi xodimlari va fuqarolar bir-birini tushuna boshlaydilar va bu kabi holatlar allaqanday "hodisa"ga aylanib ketmaydi.

"Ba’zida fuqarolarning noroziliklari, ayniqsa ular mast holatda bo‘lishsa, nafaqat ma’muriy huquqbuzarlik, balki jinoiy javobgarlik chegarasidan ham o‘tib tushadi. Afsuski, ichgan yoki ichmagan, rozi yoki norozi fuqarolar tomonidan ichki ishlar xodimlariga tan jarohatlari yetkazilgan holatlar bo‘lgan va bu mutlaqo nomaqbul", - dedi ichki ishlar xodimi hatti-harakatlariga o‘rnatilgan tartibda baho berilishi kerakligini yana bir bor eslatgan Jo‘rayev.

Militsiya patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Tekin to‘n qimmatga tushar: militsiya xodimlari halol mehnatga chaqirildi

U shuningdek, AQShda politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilishi kabi holatlarini misol keltirdi va O‘zbekistonda fuqaroga nisbatan, hatto u keskin qarshilik ko‘rsatsa-da, qurol ishlatilmasligini alohida ta’kidladi.

 "Bizning xodimlarimiz oxirigacha bu singari holatlarni qurolsiz hal etishga harakat qiladilar. O‘zbekiston Ichki ishlar xodimlari yonida tabel qurolga ega bo‘lsa-da, ortiqcha undan foydalanmaslik uchun zarbani o‘ziga qabul qilishga harakat qilishadi. Ko‘rapsizmi? Axir bu xalqga nisbatan, insonga, uning hayotiga nisbatan hurmat emasmi?!", - deya jurnalistlarning o‘ziga savol tashladi Rustam Jo‘rayev va afsus bilan bu kabi holatlar ko‘pincha noto‘g‘ri talqin qilinishini qo‘shimcha qildi.  

Yangiliklar lentasi
0