Alisher Usmonov Toshkentda minbardan turib Mirziyoyevga nima dedi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishOsnovatel USM Holdings Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston
Alisher Usmonov Toshkentda yuksak minbardan turib, prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan murojaatida, Oʻzbekistonning porloq kelajagini oʻz hayotining mazmuni sifatida belgilab olganini maʼlum qildi

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan milliarder Alisher Usmonov ushbu kun uning hayotida "ulugʻ va hayajonli" boʻlishini taʼkidladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vstrecha V.Putina s chlenami Popechitelskogo soveta Gosudarstvennogo akademicheskogo Mariinskogo teatra - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Alisher Usmonov “Paxtakor” futbol klubiga $ 20 million sarmoya kiritdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yirik investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qoʻshgan katta hissasi uchun Alisher Usmonovning koʻksiga "El-yurt hurmati" ordenini taqib qoʻygach, biznesmen minbarga chiqib, minnatdorlik nutqini soʻzladi.

Xususan, Usmonov, Oʻzbekiston rahbari tomonidan yuksak nishon bilan taqdirlagan bu kun uning hayotida "ulugʻ va hayajonli kun boʻlishini" qayd etdi. Biznesmen bunday hayajonli kunda "rahmat" aytish uchun kerakli soʻzlarni topishga ojiz qolayotganini tan oldi.

"...Shuncha qiyinchilik, armon va umidlar bugun yuzaga chiqayapti mening hayotimda... Faqat mening hayotimda emas, butun oʻzbek xalqining umidi sizning qoʻlingizga topshirilgan. Albatta, har bitta oʻzbek oʻgʻlonining majburiyati bugun yoningizda turib, qoʻlidan kelganicha va balki qoʻlidan kelganidan koʻp yoningizda boʻlish", - dedi u Mirziyoyevga murojaat qilib.

Usmonov bu yoʻl judayam qiyin boʻlishini, osonlikni hech kim bugun bermasligini taʼkidlab oʻtdi.

"Mening ishonchim komilki, butun xalq shundoq rahbarni boshchiligida albatta, shu rejalarga yetadi. Va men oʻzim uchun shu rejalarga yetish uchun qilingan har bir harakatimni hayotimning mazmuni deb bilmoqchiman", - dedi biznesmen.

Shundan soʻng Usmonov Oʻzbekiston prezidentiga oʻz minnatdorligini bildirgan holda, unga salomatlik hamda kuch tiladi.

Alisher Usmonov oʻz nutqini "xalqimizga tinchlik, farovon hayot va iqtisodiy boylik tilayman", degan soʻzlar bilan yakunladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala