Migratsiya

"Har kimga ishonmang": Peterburgdagi Oʻzbekiston Bosh konsulligi migrantlarga murojaat qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishPribыtiye poyezda Tashkent-Moskva
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh konsullik oʻz binosi tashqarisida koʻrsatilgan: kopiya qilish, blank toʻldirish, suratga tushirish singari xizmatlar uchun javobgar emasligi haqida eslatma bergan

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Oʻzbekiston Bosh konsulligi oʻzining Feysbukdagi sahifasida migrantlarga murojaat qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vidы Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi qachon ochilishi maʼlum qilindi

Bosh konsullik migrantlardan bino tashqarisida u yoki bu masalaning hal etilishini tezlashtirib berish borasida oʻz xizmatini taklif etadigan notanish shaxslardan ehtiyot boʻlishga chaqirgan.

"Bosh konsullik binosi tashqarisida u yoki bu masalaning koʻrib chiqilishi, bino ichiga navbatsiz kirish, turli maʼlumotnomalarni rasmiylashtirish va hokazo masalalar boʻyicha shubhali (aksariyat hollarda noqonuniy) takliflar bilan bogʻliq boʻlgan notanish shaxslar xizmatidan foydalanishdan saqlanishingizni soʻraymiz", - deyiladi murojaatda.

Bosh konsullik oʻz binosi tashqarisida koʻrsatilgan: kopiya qilish, blank toʻldirish, suratga tushirish singari xizmatlar uchun javobgar emasligi haqida eslatma bergan.

Bosh konsullik migrantlarga konsullik xodimlari Oʻzbekiston fuqarolarini faqatgina Bosh konsullik binosi ichida qabul qilib, oʻsha yerda ularga konsullik-huquqiy xizmatlarini koʻrsatishlarini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Sankt-Peterburgdagi Oʻzbekiston Bosh konsulligi 4-Krasnoarmeyskaya, 4-A uy manzilida joylashgan. Manzilga yaqin metro stantsiyasi — "Texnologicheskiy institut".

Qabulga yozilish uchun +7-965-751-20-71 telefon raqami boʻyicha qoʻngʻiroq qilish yoki 998909942747 telefon raqamiga bogʻlangan Telegram, WhatsApp, Viber, Imo messenjerlari orqali bogʻlanish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala