"Siyosiy terror": Donesk rahbari Aleksandr Zaxarchenko o‘ldirildi

© Press-slujba A. Zaxarchenko / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya Aleksandra Zaxarchenko v Doneske
Press-konferensiya Aleksandra Zaxarchenko v Doneske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zini Mustaqil deb e’lon qilgan Donesk Xalq Respublikasi rahbari Rossiya Xalq artisti Iosif Kobzon vafotiga bag‘ishlangan xotira tadbiri davomida o‘ldirilgan. Zaxarchenko o‘limi - Kiyev diversiyasidir, degan ta’kidlar aytilmoqda

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Donesk xalq respublikasi rahbari Aleksandr Zaxarchenko 31-avgust kuni Donesk markazidagi "Separ" restoranida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Otvod kolonni tajeloy voyennoy texniki DNR iz Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Doneskda yangi davlat - Malorossiya e’lon qilindi

"Donesk xalq respublikasi rahbari Aleksandr Zaxarchenkoni SSSR xalq artisti Iosif Kobzon xotirasiga bag‘ishlangan xotira tadbirlari vaqtida o‘ldirishdi", - deb xabar qilgan Lugansk xalq respublikasi rahbari v.b. Leonid Pasechnik.

Donesk rahbari Zaxarchenko juma kuni kechqurun Donesk markazidagi "Separ" kafesida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lgan. O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikaning daromadlar va yig‘imlar vaziri Aleksandr Timofeyev portlash vaqtida og‘ir jarohatlar olgan.

DXR hukumati tomonidan yuz bergan hodisa terakt deb tan olingan.

Respublika rahbari vazifasini bajaruvchi Dmitriy Trapeznikovning so‘zlariga ko‘ra, Zaxarchenkoning o‘limida gumonlanib bir necha kishilar qo‘lga olingan, ular diversiya Kiyev tomonidan amalga oshirilgani ehtimoli haqida gapirganlar.

O‘z navbatida UXX (SBU) ilgariroq qotillikka aloqadorlik bo‘yicha barcha ayblovlarni rad etgan.

"Aleksandr Zaxarchenko o‘z jangovar postida emas, balki xotira tadbirlari vaqtida, respublika rahbariyati Donbassning yana bir qahramoni Iosif Kobzonni xotirlayotgan vaqtida halok bo‘lgan", - deb aytgan Pasechnik DXR rahbari halokati munosabati bilan qilgan rasmiy murojaatida.

Lugansk xalq respublikasi rahbari v.b. Pasechnikning ta’kidiga ko‘ra, Zaxarchenkoga nisbatan "siyosiy qotillik" taktikasi qo‘llanilgan.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Zaxarchenkoning o‘limi fakti Donbassda tinchlik o‘rnatish jarayonini katta so‘roq ostida qoldirganini aytdi.

Ukraina armiyasi qurollari - Sputnik O‘zbekiston
Doneskda yana janglar boshlandi

"Yuz bergan hodisa dunyo hamjamiyatini shok holatiga solmasligi mumkin emas, chunki deganda barcha Minsk kelishuvining muqobilsizligi haqida ochiq gapirgan edi. Yuz bergan hodisa esa barcha jarayonni katta so‘roq ostida qoldirmoqda", - deb aytgan Zaxarova "Rossiya-24" telekanali efiri davomida. TIV vakili hozir maksimal xolis va tezkor surishtiruv o‘tkazish muhimligini qayd etgan.

Shuningdek, Zaxarova tez vaqtda yuz bergan hodisa yuzasidan OBSE ham munosabat bildirishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0