Siyosat

Janubiy Koreya prezidenti Oʻzbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

© REUTERS / Kim Hong-JiShavkat Mirziyoyev i Mun Chje In
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In  - Sputnik Oʻzbekiston
Joriy yilning fevralida Janubiy Koreya Bosh vaziri oʻrinbosari Kim Dong Yon Oʻzbekistonga kelgan edi

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Toshkentga tashrif bilan kelmoqchi. U bu haqda Oʻzbekiston prezidentiga yoʻllagan tabrik telegrammasida maʼlum qilgan.

"Siz, Prezident janoblari bilan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun oʻzaro maqbul muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasida tashrif bilan boʻlishga umid qilaman", - deyiladi Koreya yetakchisi yoʻllagan telegrammada.

Vizit delegatsii GUVD Tashkenta v Koreyu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent IIBB delegatsiyasi Koreya politsiyasi ish faoliyati bilan tanishdi

 

Mirziyoyev 2017 yilning noyabr oyida Seulga rasmiy safar bilan borgan edi. Oʻshanda ikki davlat rahbarlari koʻpmilliardlik shartnomalarni imzoladilar, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirishga va madaniy hamkorlik qilishga kelishgan edilar.

Joriy yilning fevralida Janubiy Koreya Bosh vaziri oʻrinbosari Kim Dong Yon Oʻzbekistonga keldi.  Janubiy Koreya amaldori Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazdi va Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan hamkorlikda yangi tashabbus - iqtisodiy masalalar boʻyicha Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma majlisini oʻtkazgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala